Andijon Davlat
Universiteti
O'sh davlat universiteti delegatsiyasining Andijon davlat universitetiga tashrifi: qardosh xalqlar o'rtasida do'stlik aloqalari yanada mustahkamlandi
2025-02-12    474

Bugun, 12-fevral kuni xalqaro hamkorlik doirasida ikki qardosh xalqlar o'rtasidagi do'stlik aloqalarini mustahkamlash va ikki siymo tavalludini munosib nishonlash maqsadida Qirg'iziston Respublikasining O'sh davlat universiteti delegatsiyasi a'zolari rasmiy tashrif bilan Andijon davlat universitetida bo'ldi.

Dastlab, delegatsiya a'zolarini milliy kuy-qo'shiqlar va milliy liboslarda tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Shundan so'ng, tashrif buyurgan mehmonlarni universitetimizda talabalarning sifatli va tizimli tahsil olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, o'quv auditoriyalari, zamonaviy laboratoriya xonalari bilan tanishtirildi.

Shundan so'ng, ikki davlat oliy ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi va unda ta'lim sohasidagi o'zaro hamkorlik, o'zgarishlar va kelajakdagi loyihalar haqida suhbat o'tkazildi.

Uchrashuv davomida, ikki universitet o'rtasida kelajakda amalga oshiriladigan aniq tashabbuslar va strategik maqsadlar muhokama qilindi. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari sifatida ilmiy va akademik sohalarda o'zaro yordam, talabalar almashinuvi va professor-o'qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha takliflar tinglandi.

Aytish joizki, bu kabi tashriflar ikki universitet o'rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, do'stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.