Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz delegatsiyasi Kuala Lumpur shahridagi nufuzli UCSI universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
2025-02-06    621

Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligidagi delegatsiya Malayziya davlatiga tashrifi doirasida ikki universitet o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Kuala Lumpur shahridagi nufuzli UCSI universitetida bo‘ldi.

Delegatsiya a’zolari universitetning o‘quv jarayonlari, ilmiy faoliyati va laboratoriyalari bilan tanishib, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, yuqori sifatli infratuzilma, innovatsion o‘quv dasturlari va pedagogik yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Universitetimiz a’zolari oliygohning ilmiy-tadqiqot markazlari, talabalar uchun mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar va innovatsion loyihalar bilan tanishib, o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Tashrif doirasida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev UCSI universiteti rektori bilan ikki universitet o‘rtasida ilmiy almashinuvlar, qo‘shma tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning malaka oshirish imkoniyatlarini yaratish kabi bir qator muhim sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida batafsil muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish va ta'lim jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusi rejalari va istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Aytish joizki, bu kabi xalqaro hamkorliklar universitetimizning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish va talabalar uchun yuqori sifatli ta'lim imkoniyatlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.