Andijon Davlat
Universiteti
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish: xorijlik professorlar tajribasi asosida dars mashg'ulotlari olib borildi
2025-02-05    612

Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Andijon davlat universiteti ham bu borada sezilarli natijalarga erishmoqda va 15 ta davlatdagi 60 ga yaqin nufuzli universitet bilan hamkorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Ayni kunlarda Hindistonning Rurke texnologiyalar universiteti professorlari Ram Jivari va Vikas Kumarlar xalqaro hamkorlik doirasida xizmat safari bilan Andijon davlat universitetida bo'lib turibdi.

Hindistonning Rurke texnologiyalar universiteti professorlari, Ram Jivari va Vikas Kumar, Andijon davlat universitetida o‘tkazgan xizmat safari davomida, IT injiniringi fakultetining magistratura bosqichi talabalariga amaliy dasturlash va yangi texnologiyalar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar. Professorlar talabalarga zamonaviy dasturlash metodlarini, yangi texnologiyalarni va sohaning istiqbollari haqida fikr almashdilar, bu esa talabalar uchun ilmiy salohiyatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

Seminarda Andijon davlat universiteti va Hindistonning Rurke texnologiyalar universiteti o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Professorlar har ikki oliy ta'lim muassasasi ilmiy izlanishlari va tadqiqotlarida yangi yondashuvlarni ko‘rib chiqdilar va kelajakda birgalikda yangi ilmiy dasturlarni yaratish imkoniyatlarini o‘rganishga kelishdilar.

Tashrif doirasida ikki universitet vakillari o‘rtasida kelgusi hamkorlikni rivojlantirish, o‘quv va ilmiy almashinuvlarni kengaytirish, o‘qituvchilar va talabalar uchun stajirovka va amaliyot dasturlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolanishiga kelishildi. 

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.