.jpg)
Bugun, 3-fevral kuni Andijon davlat universitetida Doniyorbek Ergashev tomonidan tashkil etilgan "Mening huquqim" loyihasi doirasida "Jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish" mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda "Hamroh" NNT, Andijon davlat universiteti katta yuriskonsulti, Andijon davlat pedagogika instituti huquq ta’limi magistrlari va talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.
Dastlab, soha vakillari tomonidan, "Yoshston: yoshlar yo‘nalishidagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi haqida batafsil ma’lumotlar berib, ushbu loyiha yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va huquqiy madaniyatini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Seminar davomida mutaxassislar huquq tushunchasi, huquqiy madaniyat, shaxsning huquq va majburiyatlari haqida interaktiv taqdimotlar orqali batafsil tushuncha berdilar. Ishtirokchilar, o‘z navbatida, turli huquqiy vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi borasida savollarga javob oldilar.
Yoshlarning huquqiy ongini oshirish yo‘lida tashkil etilgan mazkur seminar-trening yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI