Andijon Davlat
Universiteti
O‘zbek adabiyoti ixtisosligidan Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi haqida e’lon
2025-01-31    463

Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc 03/30.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi 2025-yil 6- fevral payshanba kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:

Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi Xudayberdiyev Akram Akbarovichning 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Yangi o‘zbek she’riyatida Vatan mavzusining badiiy talqinlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy rahbar: Quronov Dilmurat Xaydaraliyevich, filologiya fanlari doktori, professor.

Taqrizchilar:

Imomova Gulchehra Muhamadiyevna, Qarshi davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc).

Karimov Halimjon O‘rinovich, Andijon davlat universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.

Ilmiy seminarning navbatdagi majlisiga barcha seminar aʻzolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.

Manzil: Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy. Andijon davlat universiteti ARM binosi, 3-qavat 301-xona. https://adu.uz/uz/news/article/3041 adu.uz (https://adu.uz/uz/news/article/3041).

Zoom linki: https://us06web.zoom.us/j/84600787854?pwd=iBfsremxWGHg3C354aIaHFeU5kDsmb.1

Konferensiya identifikatori: 846 0078 7854

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.