Andijon Davlat
Universiteti
Stol tennisi bo'yicha “Universiada – 2024” respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi
2025-01-30    333

Bugun, 30-yanvar kuni Andijon davlat universitetida mamlakatimizda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Universiada – 2024” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi bahslarining final uchrashuvi yakunlanib, tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Yakuniy natijalariga ko'ra, talaba-yigitlar o'rtasida o'tkazilgan yakkalik bahslarida:
1-o'rinni Shohruh Iskandarov (Toshkent viloyati);
2-o'rinni Ro'zimuhammad Raxmonov (Toshkent shahri);
3-o'rinni Dilshodbek Rajabov (Xorazm viloyati).

Talaba-qizlar o'rtasida o'tkazilgan yakkalik bahslarida:
1-o'rinni Mexriniso Norqulova (Toshkent viloyati);
2-o'rinni Nasibaxon Tojioxunova (Andijon viloyati);
3-o'rinni Shoiraxon Qodirova (Farg'ona viloyati).

Aralash juftlik bo'yicha o'tkazilgan bahslarda:
1-o'rinni Toshkent viloyati jamoasi;
2-o'rinni Andijon viloyati jamoasi;
3-o'rinni Toshkent shahar jamoasi.

Tantanali marosimda g'olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.