.jpg)
Bugundan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida mamlakatimizda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Universiada – 2024” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi bahslari boshlandi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi va marosimda so’z olgan Andijon viloyati sport boshqarmasi rahbari O'tkirbek Toshpo'latov hamda Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyevlar musobaqaning asosiy maqsadi va undan ko‘zlanayotgan natijalar haqida batafsil tushunchalar berib, mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan sportchilarga omad tiladi.
Eslatib o'tamiz, stol tennis bo'yicha "Universiada 2024" final uchrashuvlarida respublikamizning barcha hududlaridan 2 nafardan (1 nafar o'g'il bola, 1 nafar qiz bola) jami 28 nafar sportchi talabalar ishtirok etmoqda. Mazkur jarayonlar 31-yanvar sanasiga qadar o'tkazilishi belgilangan. Bugungi musobaqalarda ishtirokchilar yakkalik bahslar doirasida o'zaro bellashmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI