
Bugun, 30-yanvar kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida prorektor, dekan, kafedra mudirlari hamda bo'lim boshliqlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va ta'lim sifatini oshirish orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
Yig‘ilishning kun tartibida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ta’lim sifatini oshirish masalasi doirasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy etish, korrupsiya holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish ishlari hamda ta'lim muassasamiz pedagoglari va xodimlari o‘rtasida ijro intizomini ta’minlash, mas’uliyatni oshirish va nazorat tizimini takomillashtirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig'ilishda professor-o'qituvchilar, ishchi-xodim va talaba-yoshlarning odob-axloq kodeksida belgilangan me'yorlar asosida kiyinish madaniyati va muoamala madaniyatiga rioya etishi haqida so'z yuritildi va shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarning to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash vazifasi mas'ullarga topshirildi.
Yig‘ilish davomida yuqorida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi. Ular batafsil o‘rganilib, mas'ullarga tegishli vazifalar belgilandi va bu vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI