
Bugun, 29-yanvar kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilidagi 7-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Dastlab, universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari bilan Kengash aʼzolarini tanishtirdi va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.
Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, mustaqil ta'lim orqali talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, o'quv jarayonida talabalarda tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, universitet reyting indikatorlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi xarajatlar smetasini shakllantirishga bag'ishlangan ma'ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.
Yig'ilish so'nggida, Kengash a'zolarining fikr-mulohazalari, savol va takliflari tinglanib, yaqin kelajakda amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar dasturiy reja asosida belgilab olindi.
matbuot xizmati
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI