Bugun, 13-yanvar kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan harbiylar, ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.
Tantanali tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi. Tadbirni universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev bayram munosabati bilan barchani qutlab, o'zining samimiy tilaklari bilan ochib berdi.
Tadbirning badiiy qismi universitet talaba-yoshlaridan iborat ijodiy jamoa tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik, milliy iftixor va g'urur, yurtga muhabbat tuyg'ularini madh etuvchi sahna ko'rinishi bilan boshlandi.
Tadbir davomida ijtimoiy videorolik namoyish etilib, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan chiqishlar, kuy-qo'shiqlar, raqslar qatnashuvchilar e'tiboriga havola etildi.
Tadbir yakunida, universitet rektori tomonidan "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan professor-o'qituvchilar hamda faol talabalar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI