Andijon davlat universitetida professor-o'qituvchilar uchun o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini to'liq joriy etish bo'yicha malakalarini oshirish va o‘quv jarayonida yangiliklarni muvaffaqiyatli tadbiq etishga qaratilgan o'quv seminari bo'lib o'tmoqda.
Seminarda dastlab, mutasaddilar o‘quv jarayonida pedagoglarning huquqlari va majburiyatlari, ularning o‘z vazifalarini samarali bajarishlari uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy bazasi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.
Seminar davomida so'z olgan mas'ullar tomonidan kredit-modul tizimi ta’lim jarayonini yanada tartibli va samarali tashkil etish, o‘quvchilarni faollashtirish, talabalarning o‘qish jarayonini yanada tartibli va samarali tashkil etishga qanday yordam berishi va ayniqsa, o‘qituvchilarga o‘z bilimlarini kengaytirish imkoniyatini berish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI