Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha o‘quv seminarlar boshlandi
2024-12-26    522

Andijon davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i asosan joriy yilning 26-dekabr sanasidan 2025-yilning 4-yanvar sanasiga qadar professor-o'qituvchilar uchun o'quv seminarlari o'tkazilishi belgilangan.

Bugun, 26-dekabr kuni universitetning faollar zalida professor-o'qituvchilar uchun o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha malakalarini oshirishga qaratilgan o'quv seminarining dastlabki kuni bo'lib o'tdi.

Seminar avvalida ishtirokchilarga ma'ruzachilar tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, yangi normativ-huquqiy asoslar orqali pedagoglar faoliyatini tartibga solish va rivojlantirishga qaratilgan "Pedagogning maqomi" nomli O'zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.

Seminar davomida mutasaddilar o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish va tizimning afzalliklari, uning ta'lim sifatiga qanday ta'sir ko‘rsatishi hamda amaliyotga qanday tatbiq etilishi haqida tushunchalar berdi. Kredit-modul tizimi talabalarning o‘qish jarayonini yanada tartibli va samarali tashkil etish uchun muhim ekanligi ta'kidlandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.