Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda ularning rag'batlantirish maqsadida 35 yoshgacha bo'lgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar uchun tashkil etilgan "Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e'lon qilingan eng yaxshi material" tanlovi o'tkazilishini ma'lum qilamiz!
Tanlovda ishtirokchilar ilmiy-ommabop jurnal va gazetalarda e'lon qilingan maqola, sharh va boshqalarni ( hammualliflikda e'lon qilingan materiallar bundan mustasno) taqdim etishlari mumkin bo'ladi.
G'olib va sovrindorlar diplom hamda quyida miqdorda moddiy rag'batlantiriladi:
1-o'rin bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;
2-o'rin bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida;
3-o'rin bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida.
Mazkur xabar yuzasidan qo‘shimcha savollar bo‘lsa, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i @Nizomov_Jasurbek ga murojaat qilishingiz so‘raladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI