Tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy kadrlar guruhi rahbarlari va milliy kadrlar zaxirasi nomzodlarining hududlarda samarali boshqaruv tizimini yaratish borasidagi ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda
Andijon davlat universitetida viloyatdagi tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun hududda mahalliy davlat boshqaruvi va aholi bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida tajribali mutaxassislar tomonidan seminar mashg‘ulotlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Bugungi mashg‘ulotlarda universitet malakali professor-o‘qituvchilarining "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan amalga oshirilgan chora-tadbirlar, shuningdek, "Tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish", "Aholi muammolari bilan mahallabay ishlash" kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi va keng muhokama qilindi.
Seminar davomida ekologiyaning ta’siri va uni himoya qilishning ahamiyati, shuningdek, ekotizimni tiklash va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar "Yangi Andijon" massivi misolida ko‘rib chiqildi. Seminar doirasida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mas’ullar orqali batafsil ma’lumot oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI