Aliyev Olimbek Aybekovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi!
Joriy yilning 14-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig'ilishida Olimbek Aliyev “Davlat axborot xavfsizligi siyosatida jamiyat barqarorligini ta’minlashning milliy va xorijiy jihatlari” mavzusidagi 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligida siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o'tkazildi.
Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a'zolarining savollariga a'lo darajada javob berdi.
Rasmiy taqrizchilar dissertatsiyaga ijobiy baho berib, alohida e'tirof etdilar.
Kengash aʼzolarining bergan ovoz natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100% maʼqullandi va Olimbek Aliyev siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.
Jamoamiz nomidan Olimbek Aliyevni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI