Andijon Davlat
Universiteti
OITSga qarshi kurashda bilim va mas'uliyat muhim omil
2024-11-28    624

Bugun, 28-noyabr kuni Andijon davlat universitetida 1-dekabr – "Xalqaro OITSga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda talabalar orasida kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha xabardorlikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xavfsiz hayot tamoyillarini shakllantirish maqsadida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar OITSning tarqalish sabablari, kasallikning oldini olish usullari va davolashning zamonaviy yo‘nalishlari haqida zarur ma'lumotlar berib, yoshlarning kasallik haqida yetarli bilimga ega bo‘lishi va sog‘lom turmush tarzini tanlash muhimligini ta’kidladilar.

Suhbat yakunida sog‘lom hayot sari odimlash, zararli odatlardan saqlanish va o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Zero, aytilganidek: "OITSsiz kelajak sog‘lom jamiyat garovidir."

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.