Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Mahkamov Otabek Muxtorovich xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo'lib turibdi.
Bugun, 27-noyabr kuni Andijon davlat universitetida vazir o'rinbosari Otabek Mahkamov viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalarining tayanch doktorantlari, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida doktorantlarning faoliyatini tahlil qilish, muammolarini o'rganish va ularning ilm-fan va oliy taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot avvalida vazir o‘rinbosari respublikada oliy ta’lim sohasini rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar bilan qisqacha tanishtirib, yosh olimlarning ilm-fan va oliy taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini tingladi va koʻtarilgan masalalar yuzasidan yechim berib, munosabat bildirdi.
Uchrashuvdan so'ng, Otabek Mahkamov qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasida bo'ldi, laboratoriya faoliyatlari va u yerda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning faoliyatlari bilan tanishib, yangi innovatsiyalar va islohotlar bilan sohani yanada rivojlantirish bo'yicha zarur tavsiyalar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI