Andijon Davlat
Universiteti
"Yashil makon" loyihasi: Ekologik rivojlanish uchun yangi bog' tashkil etildi
2024-11-23    836

Davlatimiz rahbari boshchiligida respublikamizning barcha hududlarida yashil maydonlarni kengaytirish va tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxtlar ekish, landshaftni yaxshilash, turli xil o'simliklar bilan ekologik muvozanatni saqlash ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 23-noyabr kuni Yangi Andijon massivida viloyatimiz hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida bir qator tashkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalari vakillari, shuningdek, nuroniylar va ko'ngilli yoshlar ishtirokida tabiiy ekologik holatni yaxshilash, havo sifatini saqlash va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy aksiyasi o'tkazildi.

Aksiya davomida Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etib, ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish orqali yashil maydonlarni ko‘paytirish va tabiiy landshaftni yaxshilashga qaratilgan ushbu umummilliy loyihaga o'z hissasini qo'shdi.

Ma'lumot o'rnida, Yangi Andijon massivida tashkil etilgan yangi bog'da umumiy hajmi 6 gektar yer maydoniga 3000 tupga yaqin manzaralari va pavloniya daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

Andijon davlat universiteti
Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.