Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz talabasi “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi
2024-11-19    200

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan kitobxonlik madaniyatini kengaytirish, yoshlarning mutolaa va ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda viloyatdagi 7 ta oliy ta’lim muassasasining iqtidorli talabalari 3 ta shart – Bilimdon kitobxon, annotatsiya mahorati, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Quvonarlisi, tanlovda Andijon davlat universiteti talabasi Risolaxon Jamoldinova o‘z bilim va ijodiy yondashuvini namoyish qilib, ko‘rik-tanlovning g‘olibiga aylandi va respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan kitobsevar talabamiz Risolaxonni samimiy tabriklaymiz!

Andijon davlat universiteti
Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.