Andijon Davlat
Universiteti
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
2024-11-19    163

Bugun, 19-noyabr kuni Andijon davlat universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Talantbek Madumarov boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalariga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish, talaba-yoshlarning bilimi, salohiyati va iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyat yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligini ta’minlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ichki tartib qoidalarga talabalarni amal qilishlari, talabalar turar joylarida mavjud jihozlarni asrab-avaylash yuzasidan tushunchalar berildi va kun tartibidagi masalalar bo'yicha ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, kelgusidagi chora-tadbirlar belgilandi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.