Andijon Davlat
Universiteti
Ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari prorektor tomonidan o'rganilmoqda
2024-11-21    601

Bugun, 21-noyabr kuni Andijon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Talanbek Madumarov boshchiligida mas'ullar ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari va mavsumini betalafot o‘tkazish hamda xonadonlarda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida ijara xonadonlarida bo'ldilar.

O'rganish davomida talabalar yashayotgan xonadonlarda isitish tizimlari, xonadonlarning issiqlik izolyatsiyasi, oynalar, derazalar va devorlarning holati, shu bilan birga xonadonlarning umumiy holati, ularning ta'miri, jihozlarining samaradorligi va talabalarning kundalik ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan sharoitlar ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, mas'ullar tomonidan talabalarga isitish tizimlarini muntazam tekshirib turish, gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Andijon davlat universiteti
Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.