Andijon Davlat
Universiteti
"O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kun" munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi
2024-11-18    744

Bugun, 18-noyabr kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi tomonidan davlatimiz ramzi bayroq qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan professor-o'qituvchilar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Suhbatda dastlab, birinchi prorektor Talantbek Madumarov so'z olib, Oʻzbekiston Respublikasi bayrog'i – Vatan timsoli ekanligi, uni ko'rganda, har bir yurtdoshimiz qalbida g'urur, umid va ishonch uygʻonishi haqida nutq so'zladi.

Suhbat davomida so'zga chiqqan professor-o'qituvchilar, jumladan, Shukurjon Amirxo'jayev, Xudoberdi No'monjonov va boshqa ishtirokchilar ma'ruzasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunning mazmun-mohiyati va davlatimiz ramzi haqida ma'lumotlar berildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.