Andijon davlat universiteti "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari" magistranti Ravshanbek Raxmatullayev Bahodirjon o'gli "El-yurt umidi jamg'armasi" 2024-yil birinchi ochiq stipendiya sovrindori boʻldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmoni asosida tashkil etilgan bo'lib, El-yurt umidi jamg'armasi tomonidan 2024/2026-o'quv yili uchun belgilangan tartibda xorijda o'qish va yashash xarajatlari 100% to'lab boriladi.
Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan Ravshanbek Raxmatullayevni hamda unga saboq bergan ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlab, kelgusi o'qish va izlanishlariga omad tilaymiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI