Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha malakasi oshirilmoqda
2024-11-18    92

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi" O‘RQ-410- son hamda Mehnat Kodeksining 362-moddalariga asosan rahbar xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish maqsadida bugun, 18-noyabr kuni Andijon davlat universitetining Axborot-resurs markazida universitet Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi hamda "Anvarbek o‘quv nazorat" nodavlat ta’lim muassasasi hamkorligida o‘quv-seminar tashkil etildi.

 

Ushbu seminarda universitet prorektorlari, kafedra mudirlari, dekanlar, bo‘lim boshliqlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

 

Seminarda soha mutaxassisi Anvarjon Raimjonov tomonidan mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari, mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish sohasida ma’muriyatning majburiyatlari va faoliyati, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish va ventilyatsiya tizimiga qo‘yiladigan texnik va sanitar-gigiyenik talablar mavzularida ma’ruza tinglandi.

 

Ma’lumot o‘rnida, mazkur o‘quv-seminar 18 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 18-noyabrdan 23-noyabrga qadar Axborot-resurs markazida belgilangan reja asosida o‘tkazilishi belgilangan.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.