Andijon davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda talabalar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish orqali salomatlikni yaxshilash va kun davomidagi tetiklikni ta'minlash maqsadida universitetimiz rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi va badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg'ulot avvalida sog'lom turmush tarzi haqida qisqacha suhbatlar tashkil etildi. Erta tongdan olib borilgan badantarbiya mashg'ulotlari qatnashuvchilarning o'zlarini tetik his qilishiga va ular o'rtasida hamjihatlikni oshirish, shuningdek, jismoniy va ruhiy salomatligiga ham ta'sir ko'rsatadi.
Shundan so'ng, “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” loyihasi doirasida universitet hududi bo‘ylab piyoda yurish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI