Bugun 13-noyabr kuni Andijon davlat universitetida viloyatdagi davlat oliy ta'lim muassasalari rektorlarining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosarlari hamda mas'ullar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar tomonidan nashr etilayotgan "Iqtisodiy sharh" (rus tilida "Экономическое обозрение") jurnalining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Tadbirda ushbu markaz ilmiy xodimi A.Abdukahhorov markaz tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar va "Iqtisodiy sharh" jurnalining faoliyati bilan tanishtirdi. Tanishtirish davomida ilmiy jurnalga a'zo bo'lish, maqolalarni qay tartibda yuborish va mazkur nashrning elektron manzili orqali maqolalardan foydalanish yo'riqnomasi bo'yicha ma'lumotlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI