Joriy yilning 14–16-noyabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan mamlakatimizda innovatsion infratuzilmani yanada takomillashtirish, tadbirkorlikni va investitsion salohiyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi o'tkazilishi belgilangan.
Haftalikning rasmiy ochilish marosimi bugun, 14-noyabr kuni “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-olimlar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirokida boʻlib oʻtmoqda.
Unda Andijon davlat universitet professori Mo'ydinjon Mo'minov boshchiligida oliygohimiz jamoasi yangi turdagi energotejamkor, samarador, zamonaviy qurilish materiallari yaratish texnologiyasi; meva, sabzavotlarni qayta ishlash texnologik qurilmalarini yaratish va unda yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari olish kabi ishlanmalar bilan ishtirok etmoqda.
❗️Ma'lumot o'rnida, innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida ishtirokchilarning ilm-fan sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish hamda tajriba almashishlari uchun qulay muhit yaratish maqsadida 22 ta xalqaro forum, konferensiya va seminar, 2 ta mahalliy tadbir haftalik dasturidan oʻrin olgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI