Ma'lumki, zamonaviy texnologiyalar va dastgohlarda o‘qish bilan bir vaqtda korxona, tashkilotlarda ish faoliyatini olib borish imkoniyatini beruvchi dual ta’lim shakli O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham joriy etilgan bo'lib, Andijon davlat universitetida ham ushbu ta'lim tizimi amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda.
Bugun, 14-noyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Fizika va texnika fakultetining dual ta'lim tizimi bo'yicha amaliyot olib borayotgan 4-bosqich talabalari bilan uchrashib, samimiy muloqot olib bordi.
Muloqot davomida rektor amaliyot jarayonida talabalar o'rganayotgan kasbiy ko'nikmalar hamda mashg'ulotlarning olib borilishi tartibi bilan tanishdi. Suhbat doirasida talabalar bilan savol-javoblar o'tkazilib, yoshlarning kelajakdagi faoliyati va maqsadlari haqida fikr almashdi.
Aytish joizki, talaba-yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyatlar yaratishda dual ta'lim tizimining samarasi beqiyosdir.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI