Andijon Davlat
Universiteti
Osh musobaqasi: ta’m, dizayn va kreativlik jangida mahoratli oshpazlar o'z iste'dodini namoyish qildilar
2024-11-11    388

Andijon davlat universitetida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan ko'rik-tanlovlar, sport musobaqalari va shu kabi ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv, davra suhbatlari o'tkazilmoqda.

 

Bugun, 11-noyabr kuni Andijon davlat universitetida talabalarning ijodkorligini rivojlantirish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va jamoaviy ahillikni mustahkamlash maqsadida "Talabalar haftaligi" doirasida "Osh tanlovi" o'tkazildi.

 

Bilamizki, osh tayyorlash jarayoni nafaqat retseptlarni bilishni, balki vaqtni boshqarish, xarajatlarni rejalashtirish va resurslarni samarali taqsimlashni talab qiladi. Oliygohimizda o'tkazilgan tanlovda ham mana shunday talablar ko'zda tutilgan holda fakultetlardan jami 8ta jamoa o'z iste'dodini namoyish etib, quyidagi natijani qo'lga kiritdi:

1-o'rinni - Fizika va texnika fakulteti jamoasi;
2-o'rinni - Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti jamoasi;
3-o'rinni - It injiniringi hamda Filologiya fakulteti jamoalari egalladi.


G'olib jamoalar "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan tantanali bayram tadbirida universitet rektori tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.