Bugun, 9-noyabr kuni Andijon davlat universitetida viloyat prokurori Abduhakimov Murodillo Tog'ayevich boshchiligida bir qator tashkilot va boshqarma rahbarlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida "Prokuror va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
Dastlab, milliy kuy-qo'shiqlar sadosi ostida tantanali kutib olish marosimi o'tkazilib, universitetda tashkil etilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasida innovatsion g'oyalar, tashabbusli ixtirolar, texnik va boshqa yutuqlar ko'rgazmasi, shuningdek, "Men tadbirkorman", "O'z qo'lim bilan" deb nomlangan ko'rgazmalar namoyish etildi va mehnat yarmarkalari faoliyati va bugungi kunda yaratilgan bo'sh ish o'rinlari, jumladan, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida ko'rgazmali qurollar orqali tanishtirildi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz madxiyasi yangradi. Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev ochib berdi. So'ng, so'z navbati Andijon viloyati prokurori Abduhakimov Murodillo Tog'ayevichga berildi.
Uchrashuv davomida so'z olgan mas'ullar bugungi kunda yoshlarimizga berilayotgan imtiyozlar, shart-sharoitlar hamda yoshlarning huquq va erkinliklari to'g'risida so'z yurutdi. Suhbat davomida yoshlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga mutasaddilar orqali batafsil javob oldilar.
Uchrashuv so'nggida, sportning shaxmat turi bo'yicha "Prokuror kubogi" doirasida o'tkazilgan musobaqada g'olib bo'lganlar tantanali tarzda diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI