Bugun, 8-noyabr kuni Andijon davlat universitetida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishitirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlashtirish, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar me’rosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda 8 ta fakultetdan iborat jamoalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar 3 ta shart bo'yicha bellashdilar:
1-shart — Adib hayoti;
2-shart — Tezkor savol-javob;
3-shart — Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rinni - Tarix fakultetining "Humo" jamoasi;
2-o'rinni - Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining "Ma'rifatparvarlar" jamoasi;
3-o'rinni - IT injiniringi fakultetining "Algoritm" jamoasi;
4-o'rinni - Filologiya fakultetining "Yosh filologlar" jamoasi egalladi.
G'olib jamoalar "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan tantanali bayram tadbirida universitet rektorining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI