Bugun, 6-noyabr kuni Andijon davlat universiteti talabalari o'rtasida milliy madaniyatni anglash va qadrlash, ijtimoiy va madaniy ongni shakllantirish orqali ularning tashabbuskorligini, yangilikka bo‘lgan intilishlarini oshirish maqsadida "Talabalar haftaligi" doirasida "Milliy qadriyatlar kuni" munosabati bilan “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovi o'tkazildi.
Tanlovni Filologiya fakulteti professori Salima Mirzayeva ochib berdi. Shundan so'ng, barcha fakultetlardan jami 8 ta jamoa quyidagi shartlar asosida o'z chiqishlarini namoyish qildilar:
1-shart: Milliylik jilosi — talaba libosida;
2-shart: Milliy an'ana, qadriyat va urf-odatlar — o'zbek millatiga xos bo'lgan milliy sahna ko'rinishlari;
3-shart: "Kompozitsion musiqiy chiqishlar".
Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra ushbu jamoa vakillari g'oliblikni qo'lga kiritdi:
1-o'rin - Sport va san'at fakulteti jamoasi;
2-o'rin - Fizika va texnika fakulteti jamoasi;
3-o'rin - Filologiya hamda Tarix fakulteti jamoalari.
Shuningdek:
"Eng yaxshi milliy raqs ijrochisi" nominatsiyasida — Shahrizoda Abdulazizova Matematika va mexanika fakulteti hamda Zulayho Rahimava Tabiiy fanlar fakulteti talabalari;
"Eng yaxshi milliy qo'shiq ijrochisi" nominatsiyasida — Mubina Qalandarova Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti va Dilnavo Isroiljonova IT injiniringi fakulteti talabalari taqdirlandi.
G'olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI