Bugun, 7-noyabr kuni Andijon davlat universitetida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, ularning ma'naviy, axloqiy va ijtimoiy ta'sirlarini kamaytirishga qaratilgan "Ekstremizm va terrorizm missionerlik g'oyalariga qarshi ma'naviy-ma'rifiy tasviriy targ'iboti" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Tursunboy Mo'ydinov ochib berdi. Unda Andijon viloyati terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi mayor Komiljon Karimov, Andijon shahar Xazrati Bilol masjidi bosh imomi Yosinbek Pattoxonov, O'zbekiston Respublikasi "Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasi boshqaruv raisi Isfandiyor Latipov, Badiiy akademiya boshlig'i Abdurasuljon Isaqov, afg'on urushi faxriylari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so'z olganlar ekstremizm va terrorizmning diniy va madaniy kontekstdagi noto'g'ri talqinlari va uning jamiyatimizga, xususan yosh avlod ongiga ta'siri va salbiy oqibatlari, ijtimoiy, axloqiy va iqtisodiy zararlari bo'yicha tushuntirish ishlari olib bordi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI