Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida 2024/2025-o'quv yilidagi 3-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2024-10-31    329

Bugun, 31-oktyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilidagi 3-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida, universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Kengash tavsiyasi bilan ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo'lgan bir guruh ustozlarni tabriklab, guvohnomalarini tantanali topshirdi.

Dastlab, universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari bilan Kengash aʼzolarini tanishtirdi va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, universitetda olib borilayotgan dars mashg‘ulotlari, Hemis ta’lim platformasining yuritilishi, joylashtirilgan fan resurslari soni va ularning sifat darajasini o‘rganish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqotchilarning ilmiy mavzulari va ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi)larini tasdiqlash bo'yicha fikrlar tinglandi.

Yig'ilish so'nggida, Kengash a'zolarining fikr-mulohazalari va savollari muhokama etilib, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar dasturiy reja asosida belgilab olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.