Teatr orqali hayotiy voqealar, insoniy tuyg'ular, o'zaro munosabatlar tasvirlangani uchun yoshlarning ichki dunyosini boyitishda ma'naviy-axloqiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, har bir rolga individual yondashish, o'zlariga xos ijodiy yechimlar topish orqali ijodiy shaklanishni rivojlantiradi.
Bugun, 30-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida “Yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish”, “Giyohvandlikka qarshi kurash” mavzularida fakultetlararo “Talabalar teatr studiyalari” respublika ko'rik-tanlovining universitet bosqichi o'tkazildi.
Tanlovda fakultetlardan 8 ta jamoa ishtirok etib, quyidagi natijalarni qo'lga kiritdi:
1-o'rinni - Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti jamoasi;
2-o'rinni - Tarix fakulteti jamoasi;
3-o'rinni - IT injeniringi fakulteti jamoasi egalladi.
Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha:
"Eng yaxshi erkak roli" nominatsiyasida — Matematikava mexanika fakulteti talabasi Ahmadjon Abdurahimov;
"Eng yaxshi ayol roli" nominatsiyasida — Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Nozima G'ulomjonova.
G'olib va sovrindorlar "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan tantanali bayram tadbirida universitet rektori tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI