Bugun, 30-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev talabalar turar joyida talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish va ular bilan suhbatlashish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida uchinchi sonli talabalar turar joyida bo‘ldi.
Dastlab, universitet rektori mazkur yotoqxonada istiqomat qilayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolari, ularning dars jarayonlari, yashash sharoitlari, ovqatlanish va shu kabi muammolar haqidagi mulohazalari tinglandi.
Uchrashuvdan so‘ng, rektor yotoqxonalardagi yashash sharoitlari kutubxona, ma’naviyat xonalari, yuvinish va ovqatlanish joylaridagi sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan tanishdi. O‘rganish davomida talabalar turar joylarining issiqlik ta’minoti, elektr energiyasi va suv ta’minoti bo‘yicha holatlar ko‘zdan kechirildi hamda talabalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida, Andijon davlat universitetida beshta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, hozirda 3000 ga yaqin talaba-yoshlar istiqomat qilib kelmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI