Bugun, 29-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev talabalarning bilim olishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish, ularning muammolari va fikrlarini tinglash, universitetda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida 5-sonli talabalar turar joyi talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar hamda oliygohimizda mehnat bozori talabiga mos yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritildi.
Ochiq muloqot davomida universitet rektori talabalarning yashash sharoitlari, kelgusi faoliyatlari va maqsadlari haqida samimiy suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarni tingladi. Bildirilgan takliflar bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirilib, yoshlarni darsdan tashqari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida oliygoh rahbari tomonidan yotoqxona mas’ullariga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, bu borada rejalashtirilgan ishlarni o‘z vaqtida bajarish, talabalarning muammolari bilan ishlash va ularni hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI