Andijon Davlat
Universiteti
"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi
2024-10-29    256

Bugungi globallashuv davrida diniy ekstremizm va aqidaparastlik g'oyalari, giyohvandlik va psixotrop moddalarining zararli oqibatlari, ushbu jaholatning esa yuksalish va rivojlanishga qarshi to'siq ekanini talabalarga tushintirish nafaqat shaxs balki butun jamiyatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun, 29-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida mas'ullar boshchiligida talabalarni davr vabosi deya ta'riflanuvchi illatlardan ogoh etish maqsadida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida profilaktik-targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda dastlab, ijtimoiy videorolik namoyish etildi. Shundan so'ng, Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik va psixatrop moddalarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi M.Zaynobiddinov giyohvandlik va psixotrop moddalarining jismoniy va ruhiy salomatlikka, oilaviy munosabatlarga va jamiyatga qanday zarar keltirishi haqida so'z yuritib, giyohvand moddalarni iste'mol qilish va tarqatishning huquqiy oqibatlari haqida ma'lumotlar berdi.

Suhbat davomida Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi F.Xojiyev tomonidan diniy ekstremistik va aqidaparastlik g'oyalari va ulardan ogoh bo'lish, turli diniy oqimlarga qo'shilib qolmaslik va buning qonun tomonlama jinoiy va ma'muriy javobgarlikka tortilishi bo'yicha zarur tushunchalar aytildi va savol-javoblar o'tkazildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.