Ayni kunlarda universitetning talabalar turar joylarida talabalarning ijtimoiy hayoti, yashash sharoiti va o'qish jarayonida duch kelayotgan muammolarini o'rganish hamda yechim topish maqsadida "Rektor va talabalar uchrashuvi" bo'lib o'tmoqda.
Mazkur uchrashuvlarning davomi sifatida, bugun, 28-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev ikkinchi sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida rektor talabalar bilan o'quv jarayonlaridagi faoliyatlari, mashg'ulotlardagi ishtiroki haqida samimiy suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar hamda takliflarni o'rgandi va ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlarni belgilab berdi.
Aytish joiz, bu kabi uchrashuvlar talabalarning faolligini oshirish, ularning fikrlarini tinglash hamda universitetda o‘zlarini yanada erkin va xavfsiz his qilishlariga xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI