Bugun, 22-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev talabalarning muammolari va fikrlarini tinglash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish maqsadida 1-sonli talabalar turar joyining uchinchi hamda to‘rtinchi qavatida istiqomat qilayotgan talaba-yigitlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida oliygoh rahbari talabalar turar joyi mas’ullari va qavat sardorlarining faoliyati bilan tanishdi. Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlaridagi mashg‘ulotlari, istiqboldagi maqsadlari, o‘quv jarayonlaridagi faolligi bilan qiziqdi.
Samimiy suhbat davomida rektor talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini diqqat bilan tinglab, bildirilgan masalalarni ijobiy hal qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalarni berdi.
Ushbu uchrashuv talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasidagi ochiq muloqot va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI