Andijon Davlat
Universiteti
Talabalarning yashash sharoiti rektor e’tiborida
2024-10-21    726

Bugun, 21-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida DXSH asosida faoliyat olib borayotgan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdi.

 

Dastlab, rektor talabalar turar joyi mas’ullari va qavat sardorlarining faoliyati bilan tanishib, universitet ichki tartib qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

 

Ochiq muloqot davomida universitet rektori talabalarning yashash sharoitlari, kelgusi faoliyatlari va maqsadlari haqida samimiy suhbatlashib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi va mavjud muammolarni bartaraf etish, bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Andijon davlat universiteti
Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.