Andijon Davlat
Universiteti
Rektor sirtqi ta’lim yo‘nalishidagi guruh sardorlari bilan uchrashdi
2024-10-21    146

Bugun, 21-oktyabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va boshqa muhim masalalar yuzasidan sirtqi ta’lim yo‘nalishidagi guruh sardorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda rektor maslahatchisi, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, fakultet dekanlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida oliy ta’lim tizimidagi tub islohotlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, universitetda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklar va yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z bordi.

Shuningdek, uchrashuvda oliygoh rahbari barcha guruhlarning yetakchisi sifatida ishtirok etayotgan guruh sardorlariga doimiy ravishda faol bo‘lishlarini ta’kidlab, universitetda o‘quv – me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv jarayonlari kredit-modul asosida tashkil etilganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi.

Ochiq muloqotda guruh sardorlarining mavzu doirasidagi fikr-mulohazalari tinglandi. Bildirilgan takliflar asosida ta’lim muassasasida o‘quv va ilmiy faoliyatni rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Andijon davlat universiteti
Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.