Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universiteti vakillari “Intra-project conference” da ishtirok etdi
2024-10-19    704

Joriy yilning 16-18-oktyabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi ECAMPUZ loyihasi doirasida ECAMPUZ loyihasining barcha a’zolarining ishtirokida “Intra-project conference (Loyiha doirasidagi anjuman)” bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro anjumanda Ispaniya, Daniya, Xitoy hamda O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatorida Andijon davlat universiteti vakillari ham ishtirok etdi.

Anjumanda kun tartibidagi "Oziq-ovqat fani va texnologiyasi", "Oziq-ovqat fanida biotexnologiya", "Oziq-ovqat fanida genetik muhandislik" hamda  "O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida bugungi kunda yuzaga kelayotgan muammolar" mavzularida olimlarning ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, anjuman doirasida mutaxassislar hozirgi kundagi dolzarb muammolarni hal qilish uchun avvalo sohaning o‘z strategiya bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, "O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining 2025-2030 strategiyasi"ni birgalikda amalga oshirishni taklif qildi.

Anjuman yakunida “Eng yaxshi nutq”, “Eng innovatsion tadqiqot”, “Eng yaxshi ilmiy plakat” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MATBUOT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.