Andijon Davlat
Universiteti
Bitiruvchilar bandligi ta’minlanmoqda
2024-10-18    234

Xabaringiz bor, joriy yilning 11-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov universitet bitiruvchilari bilan uchrashgan edi. Mazkur uchrashuvda viloyatdagi barcha maktab direktorlarini ish beruvchi sifatida bitiruvchilar bilan uchrashib, ularni ish bilan ta’minlash yuzasidan topshiriq bergan edi.

 

Bugun, 18-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida bitiruvchilar bandligini ta'minlash, ularni yo'nalishlar kesimida ishga joylashtirish maqsadida Andijon, Izboskan va Oltinko‘l tumanlaridagi maktab rahbarlari va bitiruvchilar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

 

Mazkur uchrashuvda Andijon tumanidan 60 ta, Izboskan tumanidan 54 ta, Oltinko‘l tumanidan 48 ta umumta’lim maktablarining rahbarlari hamda ushbu tumanlarda istiqomat bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

 

Andijon tumanida 98 nafar bitiruvchi talabalardan 14 nafari hozirda tuman maktablarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ish bilan ta’minlandi.

 

Shuningdek, Oltinko‘l tumanlaridan 32 nafar Izboskan tumanidan 433 nafar bitiruvchilar qatnashdilar. Oltinko'l tumanidan 4 nafar bitiruvchi Izboskan tumanidan esa 12 nafar bitiruvchi shu joyni o‘zida ish bilan ta’minlandilar. Qolgan, bitiruvchilar o'zlariga yaqin hududlarga amaliyot o'tashlari uchuh hudidagi maktablarga biriktirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MATBUOT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.