Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida Akademik va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
2024-10-17    43

Bugun, 17-oktyabr kuni Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi Ibraimov Xolboy Ibragimovich Andijon davlat universitetida bo'ldi.

Dastlab, akademik universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasida tadqiqotchi-olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishdi.

Shundan so'ng, universitetning kichik majlislar zalida Xolboy Ibragimovich ta'lim muassasamiz professor-o'qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi. Unda akademik bugungi ilmiy uchrashuvning ahamiyati, milliy ozodlik yo‘lida siyosiy faoliyat olib borgan jadidlarimizning va jadidchilik faoliyatining maqsadi haqida batafsil so‘zlab, "Farzand tarbiyasida ota-ona mas'uliyatini oshirish: pedagogik hamkorlik yo'llari" mavzusida hayotiy misollar orqali ko'p yillik tajribasidan kelib chiqib suhbat olib bordi. 

Tashrif so'nggida, tadbir ishtirokchilari Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyida bo'ldi. U yerda ajdodlarimizni yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlari, Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti bo'yicha ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MATBUOT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.