Andijon Davlat
Universiteti
"Saylov va yoshlar" loyihasi doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
2024-10-17    633

27-oktyabr mamlakatimizda katta va muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Yoshlarimizning mamlakat kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki katta ahamiyatga ega.

Shu maqsadda bugun, 17-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida "Saylov va yoshlar" loyihasi doirasida yoshlar sayli tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni saylov jarayonlari bo'yicha respublika treniri, yuridik fanlari doktori, professor Talantbek Madumarov nutq so'zlari bilan ochib berdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligi hamda saylov jarayonlari bilan bog'liq bilimlarini sinovdan o'tkazish maqsadida qiziqarli viktorinalar o'tkazildi va to'g'ri javob bergan talabalarga esdalik sovg'asi sifatida kitoblar taqdim etilib, iqtidorli yoshlar ijrosida kuy-qo'shiqlar va she'riy chiqishlar namoyish etildi.

Yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini charxlash maqsadida olib borilgan tadbiri davomida so'z olgan professor-o'qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi haqida talabalarga muhim ma'lumotlarni berdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MATBUOT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.