Bugun, 16-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Andijon viloyati bo'limi hamkorligida Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi munosabati bilan “Imom Termiziyning ilmiy-ma'naviy merosi: o'tmish va bugun” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Unda Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari, “Chinor” masjidi bosh imom-xatibi, viloyat bosh otinoyisi, universitet Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda bobolarimiz yozib qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish bugungi axborot asrida, xususan, kishilar ongi va qalbini egallash uchun kurashlar ketayotgan bir paytda har jihatdan muhim ekanligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ulug‘ mutafakkirlarimizni yaqindan tanish, ularning benazir merosidan bahramand bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek uchrashuv davomida so'z olgan ma'ruzachilar tomonidan Imom Abu Iso at-Termiziyning hayoti, islom olamida tutgan o‘rni, yozib qoldirgan asarlari haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI