Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz olimlari xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar
2024-10-15    353

Universitetimizning bir guruh olimlari Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib, Qirg‘iz-o‘zbek davlat universitetida «Вклад органов внутренних дел и системы образования в становление Кара-Киргизской автономной области» (Qoraqirg‘iz avtonom viloyatining tashkil topishida ichki ishlar organlari va ta’lim tizimining hissasi) mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.

 

Konferensiyaning ochilish marosimida Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani, y.f.d., professor Talantbek Madumarov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, f.f.d. Manzuraxon Yunusova, MG‘MAHT kafedrasi mudiri, PhD Shukurjon Amirxo‘jayev hamda Iqtisodiyot kafedrasi professori, i.f.d. Ilhomjon Umarovlar konferensiya ishtirokchilarini qutlab, anjuman ishiga omad tiladilar.

 

Anjumanning yalpi yig‘ilishida Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy va Qirg‘iz Respublikasidan ko‘plab olimlar o‘z tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan ma'ruzalar qildi.

 

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya o‘z ishini seksiyalarda davom ettirdi. Seksiyalarda Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Manzuraxon Yunusova hamda shu kafedra katta o‘qituvchisi Sharofiddin Xoshimjonovlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

 

Ushbu anjuman olimlarimizning qardosh mamlakatlar olimlari bilan o‘zaro ilmiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.