Andijon Davlat
Universiteti
Humoyun mirzo Akbarov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan "Yomg'ir" va "Anaxita" kitoblari taqdimoti o'tkazildi
2024-10-15    45

Bugun, 15-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Andijon farzandi, elimiz suygan adib Humoyun mirzo Akbarov tavalludining 60 yilligiga bag'ishlab, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari hamda shoir-yozuvchilar va talabalar ishtirokida "Yomg'ir" va "Anaxita" kitoblari taqdimoti o'tkazildi.

Tadbirni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Bakirovich o'zining nutq so'zlari bilan tantanali tarzda ochib berdi. Shundan so'ng, tashrif buyurgan mehmonlar, shoir-adiblar o'z ma'ruzalari bilan davom etdi.

Adabiyot ixlosmandlari yig'ilgan ushbu tadbirning asosiy ma'ruzachisi, Filologiya fakulteti professori Halim Karimov adibning hayoti, ijod yo'li va adabiyotimiz durdonasiga aylangan asarlar qatoridan joy olgan "Yomg'ir" nomli she'riy to'plami va "Anaxita" romanining mazmuniy ko'lami haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi.

Adabiy kecha davomida so'z olganlar adibning ijodiy faoliyati bilan birga ilmiy faoliyatiga ham to'xtalib, uning tarjima sohasida olib borgan ishlari bugungi adabiy hayotimizda taqsinga loyiq ekanligi e'tirof etildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.