Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda buyurtmachilar va bitiruvchilar uchrashuvi bo'lib o'tdi
2024-10-14    101

Bugun, 14-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida bitiruvchilar bandligini ta'minlash, ularni yo'nalishlar kesimida ishga joylashtirish maqsadida buyurtmachilar va bitiruvchilar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

Dastlab, universitetning faollar zalida  Asaka, Shahrixon tumanlari maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari, umumta’lim maktablari direktorlarining mavjud bo'sh ish o'rinlari bo'yicha taqdimoti tinglandi.

Uchrashuv doirasida ish beruvchi tashkilot va umumta’lim maktablari rahbarlari talabalar bilan bevosita suhbat o‘tkazib, o‘zlariga zarur bo‘lgan kadrlarni ishga tanlab olish va o‘zaro manfaatli shartnomalarni rasmiylashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.